«Barselona» Xolandni transfer qilish rejasini ishlab chiqdi
Muhammadqodir Ruzmatov
«Barselona» kelasi yozda «Manchester Siti» forvardi Erling Xolandni 130 million funt atrofidagi taklif bilan olib kelishni rejalashtirmoqda.
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun klubga jiddiy jazo qo‘llanilsa, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida Indykaila News nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» norvegiyalik forvardni qo‘lga kiritish bo‘yicha rejalar ustida ish boshlagan. Kataloniya klubi Xolandni olib kelish uchun maxsus «Viking loyihasi»ni ishlab chiqqan.
Xabarda aytilishicha, ko‘k-anorranglilar rahbariyati ushbu rejani kelasi yozda amalga oshirishga rozilik bergan. «Barselona»ning Xoland uchun dastlabki taklifi 130 million funt sterling atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar (0)