Asosiy mazmunga oʻtish

«Barselona» yangi yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Inter» yarim himoyachisi Andi Diufni «Arsenal», «Chelsi», «Barselona» va «PSJ» 30 million yevro atrofida sotib olishni istamoqda

«Inter» yarimhimoyachisi Andi Diuf bir qator Yevropa top-klublari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqida insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalist ma'lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchini Londonning «Arsenal» klubi, «Barselona», «Chelsi» va «PSJ» o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Fransiyalik yarimhimoyachining transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. Diufning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Yarimhimoyachi joriy mavsumda Italiya chempionatida oltita uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q