“Barselona”: Yanvarda birinchi shu hujumchini olamiz!

  • 6 oktabr, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavanini qishki transferlar vaqtida asosiy nishon sifatida belgiladi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishni istayotgan Ronald Kuman bu pozitsiyaga aynan urugvaylik to‘purarni olib kelishni so‘ramoqda.

Kavanining bugungi kundagi transfer summasi olti million evroni tashkil etayotgani ham kataloniyaliklarga ma’qul kelmoqda. Manchesterga Krishtianu Ronaldu qaytganidan keyin Edinson Kavani o‘zi istaganchalik o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Shu bois, hujumchining o‘zi ham jamoasini yangilashga qarshi emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!