"Barselona" yanvarda yangi hujumchi sotib olmaydi
"Barselona" klubi joriy qishki transferlar davrida yangi hujumchi sotib olmaydi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq kataloniyaliklar jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan hujumchi Luis Suares o‘rniga "Valensiya" forvardi Rodrigo Morenoni sotib olish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, yakunda ushbu transfer amalga oshmadi.
Bundan tashqari ularda Olive Jiru, Per-Emerik Obameyang, Vissamom Ben-Yedder va yana bir qator hujumchilar nomzodi ham borligi haqida xabar qilingan edi.
Fikrlar