"Barselona" yarim himoyachisi jamoadan ketadi - Kuman tasdiqladi

"Barselona" ustozi Ronald Kuman jamoa yarim himoyachisi Karles Alenyaning qishki transferlar oynasi vaqtida klubdan ketishini tasdiqladi:

"Barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, hammasi hal bo‘lgandagina, ushbu transfer haqida to‘liq mulohazalarimni bildirib o‘tishim mumkin bo‘ladi. Shuni ayta olamanki, klub rahbariyati unga yangi jamoa izlashga ruxsat berdi. U ketishni xohlayapti", - dedi Kuman.

Avvalroq, 23 yoshli xavbekka "Xetafe" va "Betis" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!