"Barselona" yarim himoyachisi jarohatdan tuzaldi

  • 31 may, 19:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum boshida jiddiy jarohat olgan "Barselona" yarim himoyachisi Mark Bernal yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, 18-yoshli futbolchining qachon guruh mashg‘ulotlariga qaytishi nomalum. Biroq, Bernal katta ehtimol bilan keyingi mavsumning boshida maydonga qaytishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yakuniga etgan mavsumda yarim himoyachi Ispaniya chempionati doirasida 3 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurgan. "Rayo Valekano"ga qarshi kechgan bahsda futbolchi xochimon paylaridan jarohat olib, operatsiya qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!