"Barselona" yozda sakkiz futbolchi bilan xayrlashishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi yozgi transferlar oynasida sakkiz nafar futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klub bu qaror orqali yangi transferlarni amalga oshirish va amaldagi futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish va moliyalashtirishni ko‘zlamoqda.
Ro‘yxatga quyidagi futbolchilar kiritilgan:
Frenki de Yong, Ansu Fati, Gavi, Inyaki Penya, Ronald Arauxo, Ektor Fort, Fermin Lopes va Pau Viktor.
Ayni paytda, "Barselona" Ispaniya chempionligini muddatidan ilgari ta’minlab olishi mumkin. Bugun, 15 may kuni jamoa La Liganing 36-turida o‘z maydonida "Espanol"ni qabul qiladi.



Fikrlar