"Barselona" yozgi transferlardagi 5-xaridini ommaga e’lon qildi

  • 15 iyul, 2019, 21:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi yarim himoyachisi Xiroki Abe rasman "Barselona"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra kataloniyaliklar 20 yoshli yaponiyalik futbolchi uchun 1,1 mln evro to‘lashgan. Abe yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. U yangi mavsumni “Barselona B” jamoasida o‘tkazadi. Uning tovon puli 40 mln evro etib belgilangan, ammo, agar u “Barselona”ning asosiy jamoasida o‘ynasa, ushbu raqamlar 100 millionga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Abe "Kashima Antlers" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoada 79ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Yaponiya terma jamoasida esa 3ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олег Шацких
15/07/2019 21:08
Неймарниям эьлон килади шу хафта.