"Barselona" yulduzi faoliyatini Istanbul klubida davom ettirishi mumkin
Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen qishki transferlar oynasida "Barselona"ni tark etishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Jurnalistning yozishicha, darvozabonni Istanbulning "Beshiktosh" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Turklar "ko‘k-anorranglilar"ga 33 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Ter Shtegen esa La Ligadan mavqei pastroq chempionatga o‘tishni istamayapti.
Mark-Andre "Barselona" safida 2014 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Darvozabonning Kataloniya top-klubi bilan mehnat shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Nemisning transfer narxi etti million evroga baholanmoqda.
Fikrlar