“Barselona” yulduzi klub rahbariyatiga shart qo‘ydi
"Barselona" vingeri Usmon Dembele kataloniyaliklar safida qolishga tayyor, ammo bir sharti bor ekanligini ma’lum qilgan.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” tarkibida faoliyatini davom ettirishni istamoqda, biroq klub rahbariyati unga belgilangan maoshni qisqartirmasligini talab qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Dembelening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Usmon o‘tgan mavsum klub safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Ma’lumot o‘rnida, Frantsiya terma jamoasi a’zosi 2017 yili Dortmundning “Borussiya”sidan 140 million evro evaziga ispan klubiga o‘tgan edi.

Fikrlar