"Barselona" yulduzi "Real"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 24.10.2025 17:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" etakchisi Rafinya La Liganing 10-turidan o‘rin olgan "Real Madrid"ga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.

Jurnalist Jerar Romeroning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik hujumchi bugun "Barselona"ning mashg‘ulotlarini vaqtidan oldin tark etgan. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin futbolchini o‘zini a’lo darajada his qilgan va "el-klasiko"da qatnashishga ruxsat olgan, biroq bugungi tayyorgarliklar paytida uning eski jarohati yana bezovta qilgan.

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" hamda "ko‘k-anorranglilar" o‘rtasidagi bellashuv 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!