
“Barselona” yulduzini sotuvga qo‘ydi
Ispaniyaning Relevo nashri xabariga ko‘ra, “Barselona” mashhur hujumchi Per-Emerik Obameyangni transferga qo‘yishga qaror qildi.
Gabonlik futbolchi qishki transferlar vaqtida kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilgandi. Uning “Arsenal”dan ketishiga klub rahbariyati bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab bo‘lgan.
Obameyang “Barselona”da sermahsul o‘yin ko‘rsatdi. U ispan chempionatida 17 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi. Endi “Barsa” bu hujumchini 25 million evroga sotib yubormoqchi. Unga asosiy da’vogar sifatida “Chelsi” tilga olinmoqda.
Obameyang faoliyati davomida klublar miqyosida 604 ta uchrashuvda 310 ta gol urgan va 92 ta assist qayd etgan.
Fikrlar