"Barselona" "Yuventus" hujumchisini nishonga oldi

  • 26.04.2026 15:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. "Fichajes" nashrining xabar berishicha, "Barselona" serbiyalik futbolchini tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Kataloniya grandi agar Vlahovich "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmasa, yozda uni erkin agent sifatida sotib olish niyatida. Dushan 2022 yilda "Fiorentina"dan "Yuventus"ga 85 million yevro evaziga qo'shilgan edi. Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Ma'lumot uchun, Vlahovich joriy mavsumda "zebralar" safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!