
"Barselona"da katta yo‘qotish. Klub markaziy himoyachisiz qolishi mumkin
"Barselona" Inigo Martinesning tiklanish muddatini ma’lum qildi.
Kataloniya klubi futbolchi sonining orqa qismidagi jarohati tufayli taxminan 4 haftani o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. "Ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Ispaniya Superkubogida "Real Madrid"ga qarshi bahsning 27-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Bundan tashqari, yaqinda jarohatdan qaytgan klub etakchilaridan biri Ronald Arauxo ham jamoani tark etish niyatida. Himoyachi mazkur transferlar oynasida Italiyaning "Yuventus" klubiga o‘tmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Inigo joriy mavsum barcha turnirlarda 27 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar