Hammasi tamom! Vinisius yangi jamoaga o‘tadi

  • 29.10.2025 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning eng mashhur futbolchilaridan Vinisius Junior faoliyatida jiddiy o‘zgarish yasashga qaror qildi. 24 yoshli hujumchi o‘z agentidan unga boshqa jamoa topib qo‘yishni so‘radi.

Vinisius Juniorni bosh murabbiy Xabi Alonsoning unga bo‘lgan munosabati qoniqtirmayapti. Braziliyalik yulduz jamoaning asosiy figurasi bo‘lishni istaydi va shunga yarasha vakolatlarga ega bo‘lishni istaydi.

Futbolchining ta’kidlashicha, Xabi Alonso uni asosiy o‘yinchi maqomida ko‘rmayapti va bu vaziyat qisqa fursatda o‘zgarmasa, bu klubni tark etishga sabab bo‘ladi.

Ispaniya chempionatining o‘yinchi turidan o‘rin olgan “el-klasiko”da Xabi Alonso 72-daqiqada Vinisius Juniorni zaxiraga olgani legionerga yoqmadi. Hujumchi murabbiylar shtabiga e’tiroz bildirib, jamoadan ketishini aytgan va Xabi Alonsga qo‘l bermay, to‘g‘ri ichkariga kirib ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!