Barselonada murabbiy iste'foga chiqdi
Mag‘lubiyat qimmatga tushdi
Kataloniyaning «Espanьol» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Manolo Gonsales bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
Mutasaddilar bunday qarorga Ispaniya kubogi birinchi bosqichidagi mag‘lubiyatdan so‘ng keldi. «Espanьol» to‘rtinchi divizionda ishtirok etadigan «Sestao» klubiga qarshi bahsda qo‘shimcha daqiqalarda 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan o‘n turdan so‘ng «Espanьol» atigi sakkiz ochko jamg‘argan va jadvalda 18-o‘rinni egalab turibdi. Barselona klubining navbatdagi uchrashuvi ertaga, 29 oktyabr kuni safarda «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkaziladi.

Izohlar (0)