
"Barselona"da yana ichki nizo. Roberto Flikdan nega norozi?
"Barselona"ning uzoq yillik yarim himoyachisi Serxi Roberto jamoaning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning so‘zlaridan norozi bo‘ldi. Murabbiy o‘zining yangi lavozimidagi taqdimotida 32 yoshli futbolchi "jamoaning bir qismi emas" degan edi. Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi Flik Roberto bilan xayrlashmoqchi emasligini tushuntirgan. U jurnalistning bu savolini o‘rinsiz deb bilgani uchun shunday gapirdi.
Yaqin kunlarda "Blaugrana" sport direktori Deko ispaniyalik yarim himoyachining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, avvalgiga nisbatan ancha soddaroq shartlarni o‘z ichiga olgan yangi shartnoma taklif qiladi.
Ma’lumot uchun, Robertoning "Barselona" bilan shartnomasi muddati 2024 yilning 1 iyulida tugagan edi.
Fikrlar