"Barselona"dagi argentinaliklar soni yana bittaga ko‘payadi
"Barselona" klubi rahbariyati yozda sotib yuboriladigan chap qanot himoyachisi Xunior Firpo o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar bu borada "Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko nomzodiga to‘xtalishgan. Aytish kerakki, amsterdamliklar rahbariyati 27 yoshli futbolchini o‘tgan mavsum tarkibda saqlab qolish maqsadida uni yangi mavsumda qo‘yib yuborishga va’da berishgan edi.
“Barselona” vakillari allaqachon Talyafikoning agenti bilan aloqaga chiqishgan. Ushbu transfer esa 28 mln evroga baholanmoqda.
U joriy mavsum “Ayaks” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar