
“Barselona”dan kutilmagan yurish. Flik ashaddiy raqib “Real” sardori Karvaxalga murojaat qildi
Ispaniya chempionligi uchun kurashda “Barselona”ning asosiy raqobatchisi hisoblangan “Real” jarohat tufayli muhim o‘yinchilarini yo‘qotmoqda.
O‘tgan turda Vinisius Junior va Daniel Karvaxal shikastlandi. Madridliklarning sardori Karvaxal qariyb bir yil maydonga qaytolmaydi.
“Barselona”ning germaniyalik bosh murabbiyi Xans-Diter Flik butun jamoa nomidan “Real” himoyachisiga murojaat qildi.
- Men butun “Barselona” nomidan Daniga eng yaxshi tilaklarimizni bildiraman, - dedi Xans-Diter Flik.
32 yoshli Daniel Karvaxal nafaqat “Real”da, balki butun Ispaniya chempionatida katta hurmat qozongan o‘yinchilardan hisoblanadi.
Fikrlar