
“Barselona”ga gol urishdan to‘xtamayotgan hujumchi xizmatini taklif qilishdi
“Barselona” o‘tkir hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Futbol agentlari kataloniyaliklarga “Bayer” sharafini himoya qilayotgan Patrik Shik xizmatini taklif qilishdi.
25 yoshli chex hujumchisi 2020 yili “Roma”dan 26,5 million evroga transfer qilinganidan keyin o‘yini ochilib ketdi.
Patrik Shik joriy mavsumda sermahsul o‘yin ko‘rsatyapti. U bundesligada 16 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 18 ta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga uchta golli uzatma oshirdi.
Bu futbolchining leverkuzenliklar bilan kelishuvi 2025 yilning yozigacha davom etadi. “Barselona” uni olmoqchi bo‘lsa, 40 million evro miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar