"Barselona"ga penalti berilishi kerak edi — Xaver Estrada Fernandes VAR ishini tanqid qildi

  • 7 may, 17:07
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim final “Inter”ga qarshi javob uchrashuvida (3:4) Chempionlar ligasidan chiqib ketgan “Barselona” bir qancha tortishuvli epizodlarga duch keldi. Ulardan biri — 68-daqiqada Lamin Yamalga nisbatan Genrix Mxitaryanning harakati bo‘ldi.

Har qanday holatda ham dastlab bosh hakam Shimon Marchinyak penalti belgiladi, ammo VAR bilan maslahatlashganidan so‘ng qarorini o‘zgartirib, faqat jarima zarbasiga to‘xtaldi.

Bu qarorni tanqid qilgan sobiq hakam Xaver Estrada Fernandes Esport3’ga quyidagilarni aytdi:

– Bu VAR tomonidan yo‘l qo‘yilgan juda katta xatolik. Bu ochiq-oydin penalti edi. Har ikki holatda ham kontakt bor, birinchi to‘qnashuv qaerda bo‘lganini aniq ko‘rsatmadilar. Buning uchun aniq burchakdan olingan kadr kerak edi.

– Ammo eng muhimi — epizod davom etdi va keyinchalik yana bir kontakt (to‘qnashuv) bo‘ldi: tizza yoki oyoq bilan. Bu albatta jazo maydonida yoki uning chizig‘ida ro‘y berdi. Shuning uchun VAR aralashib, penalti tayinlash kerak edi yoki hech bo‘lmasa, Marchinyakga avvalgi qarorini o‘zgartirmaslikni aytsin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
07/05/2025 22:05
Пидарас Хавер бу сариқ бўқ Я мал учун қанақасига пеналти берилади ярим метир ўн бир метирлик чизиқчадан ярим метир ташқарида йиқитилдику кўр Эрнандес Ямал майдон ўртасида йиқилса ҳам пеналти бериш керак эканда сўтак кўрлар.