"Barselona"ga qarshi uchrashuvni "Betis"ning etakchi futbolchisi o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi

  • 31 mart, 11:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, tunda "Betis" "Sevilya" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. 
 
Ushbu bellashuvning 56-daqiqasida ispaniyalik yarim himoyachi hisoblangan Isko sariq kartochka bilan jazolandi. Ogohlantirishlari ko‘pligi sababli, Ispaniya La Ligasining 30-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Betis" bahsini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, bu ikki klub o‘rtasidagi to‘qnashuv 5 apreldan 6 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!