
"Barselona"ning 3 nafar yosh futbolchisi harakatlarini muxlislar payqamagani aniq (Foto)
La Liganing yangi mavsumi birinchi turida "Valensiya"ga qarshi o‘yinda "La Masia" tarbiyalanuvchilari Lamin Yamal, Pau Kubarsi va Mark Bernal jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushishdi.
Uch nafar yosh futbolchi o‘yin oldidan jamoa surati uchun o‘zlarini ma’lum bir tarzda joylashtirish orqali odatlarini takrorlashni unutmadi.
Bernal va Kubarsi tik turgan holda, Lamin Yamal esa oldinda. Ular bu odatni 2018/19 yilgi mavsumda birinchi marta "La Masia"da birga o‘ynagan paytdan boshlab takrorlab kelishmoqda.
Bernal uchun bu o‘yin uning "Blaugrana" asosiy tarkibidagi debyuti bo‘ldi. 17 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda " Barselona B" jamoasida o‘ynagan edi.
Fikrlar