"Barselona"ning chempionlik uchrashuvi uchun qaydnomasi e’lon qilindi
Kataloniyaning “Barselona” klubi bugun La Liganing 35-turi doirasida o‘z maydonida “Levante”ni qabul qiladi. E’tiborlisi, Ernesto Valverde shogirdlari agar ushbu o‘yinda g‘alaba qozonishsa, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishlari mumkin.
Klub rasmiy tvitterida ushbu uchrashuv uchun “ko‘k-anor ranglilar”ning qaydnomasi e’lon qilindi:
Darvozabonlar: ter Shtegen, Sillessen.
Himoyachilar: Semedu, Pike, Todibo, Langle, Murilo, Alba, Yumtiti, Vermalen.
Yarim himoyachilar: Rakitich, S. Buskets, Koutino, Artur, Roberto, Alenya, Vidal.
Hujumchilar: Suares, Messi, Dembele, Malkom, Boateng.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Levante” o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar