
"Barselona"ning libosi o‘zgartiriladi (FOTO)
"Barselona" klubining libosi kelasi mavsumda o‘zgartiriladi.
2020/21 yilgi mavsum uchun "Nike" firmasi yuz yil avval "Barselona" futbolchilari kiygan kiyimni modellashtirgan.
Jamoa prezidenti Jozep Bartomeu va klub rahbarlari ushbu qarorni ma’qullashdi.
Yupqa sariq chiziqlar bilan vertikal chiziqlar Paulino Alkantara, Jozep Samiter va Rikardo Samora kabi afsonaviy futbolchilar o‘ynagan shakldagi liboslardur.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum uchun "Barsa" Xorvatiya terma jamoasini eslatib yuboradigan shaklga ega bo‘lgan liboslarni namoyish etgan edi.
Fikrlar