"Barselona"ning muvaffaqiyatlari "Liverpul"ga foyda keltiradi, chunki...

  • 22.09.2018 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning "Liverpul" klubi “Barselona”ga sotgan braziliyalik sobiq yarim himoyachisi Filippe Koutinoning transferidan yana qo‘shimcha 30 million evro ishlab olishi mumkin.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar kataloniyaliklar bu mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqishsa mersisaydliklar 5 million, shuningdek, Koutinoning “Barselona” safida ishtirok etgan har 25ta uchrashuvi uchun yana qo‘shimcha 5 million evrodan (bu 100ta o‘yinga qadar amal qiladi, demak jami 20 million) bonus olishlari mumkin. Bundan tashqari, agar “ko‘k-anor ranglilar” mavsum yakunida EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishsa, buning uchun “Liverpul”ga na 5 million evro bonus to‘lashadi.

Eslatib o‘tamiz, Koutinoning transferi uchun “Barselona” “Liverpul”ga 120 million evro to‘lagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!