
"Barselona"ning oshiga "pashsha" tushdi
Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoaning hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish bo‘yicha izlanishlarni davom ettirmoqda. Goal.com portalining xabar berishicha, Argentina terma jamoasi va "Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvares "qirollik" klubi e’tiboriga tushgan.
"Qaymoqranglilar" rahbariyati joriy yozgi transferlar davrida 23 yoshli janubiy amerikalik futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Xulian "Real"da 35 yoshli frantsiyalik hujumchi Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Alvaresning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Hujumchining transfer narxi 50 million evroni tashkil qiladi.
Xulian Argentina terma jamoasi tarkibida Qatardagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi.
Bundan avvalroq Alvares bilan “Barselona” muzokara boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar