"Barselona"ning yosh futbolchisiga Madrid klubi qiziqmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado "Atletiko"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, "matraschilar" 22 yoshli "Barsa" futbolchisini jiddiy tarzda kuzatib turibdi. Bu xabar o‘tgan yilning yozida ham paydo bo‘lgan, biroq transfer amalga oshmagan edi. "Marca" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining o‘zi ham vaziyatni kuzatib bormoqda va Madridga ketishga qarshi emas. "Atletiko"ning eng ustuvor varianti esa "Vulverxempton" futbolchisi Joao Gomes bo‘lib qolmoqda. Agar ushbu transfer o‘xshamasa, poytaxt klubi Kasado variantiga yana qaytadi.
Ma’lumot uchun, Kasadoning narxi 25 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar