"Bashakshehir" bugun "Galatasaray"ga qarshi muhim uchrashuvda ishtirok etadi
Turkiya Superligasining 26-turidan o‘rin olgan bahsda "Galatasaray" o‘z maydonida "Istanbul Boshakshehir"ni qabul qiladi. Nuri Shaxin boshchiligida yaxshi natijalar qayd etayotgan "Boshakshehir" bu o‘yinda ochko olish uchun bor imkoniyatini ishga solishi kutilmoqda.
Fanatik nashri bugungi bellashuv oldidan ikki jamoaning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibdan joy olib, uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlashi mumkin.
"Galatasaray": Ugurjon, Sallai, Singo, Sanches, Yakobs, Torreya, Lemina, Barish Alper, Sara, Lang, Osimxen.
"Boshakshehir": Muhammed, Berat, Opoku, Duarte, Umut G‘unesh, Omer Ali, Yusuf Sari, Fayzullaev, Brnich, Shomurodov, Sel’ke.
Ma’lumot uchun, uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00'da start oladi
Fikrlar