"Bashakshehir" murabbiyi g'alabadan so'ng futbolchilarini maqtadi
Turkiya Superligasining so‘nggi turida “Istanbul Boshakshehir” safarda “Gaziantep”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Nuri Shahin matbuot anjumanida fikr bildirdi.
“Qiziq o‘yin bo‘ldi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik, ammo juda erta gol urdik. “Gaziantep”da ham xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Endi o‘yinni tahlil qilishning hojati yo‘q. Mavsumni bo‘lishimiz kerak bo‘lgan joyda yakunlaganimizdan xursandman”, — dedi mutaxassis.
Shuningdek, Nuri Shahin chempionatdagi raqobat uchun “Gyoztepe” va “Samsunspor” klublariga ham minnatdorchilik bildirdi.
“Juda sifatli raqobat bo‘ldi. Futbolchilarimni tabriklayman. “Boshakshehir”ning doim maqsadi bo‘ladi. Men ham shu kurash ichida bo‘lishni istayman. Yevropa masalasi hozir o‘z qo‘limizda emas, ammo umid qilamanki, “Trabzonspor” g‘alaba qozonadi. Biz o‘z vazifamizni bajardik. Agar ushbu o‘rin bizga Yevropa yo‘llanmasini olib kelsa, xursand bo‘lamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Shahin.

Fikrlar