"Bashakshehir" murabbiyi Shomurodovning hujumdagi rolini tushuntirdi
“Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodov joriy mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatib, jamoaning eng muhim futbolchisiga aylandi. Klub bosh murabbiyi Nuri Shahin o‘zbekistondik forvardning salohiyatiga yuqori baho berdi.
"Menimcha, Shomurodov ligamizdagi eng aqlli hujumchilardan biri. Hozir u ko‘proq qanotlarga chiqib o‘ynayapti va juda aqlli harakat qiladi. Biz undan imkoniyati boricha maksimal foyda olishga harakat qilyapmiz. Unga erkinlik va maydonda liderlik berayapmiz.
Eldor esa bu ishonchga gol yoki assist bilan, eng muhimi esa hujumdagi harakatlari bilan juda yaxshi javob qaytaryapti. Shu sababli uning o‘yinidan juda mamnunman. Bu — men yoqtiradigan o‘yin uslubi. 4-3-3 taktikasida aynan Shomurodov kerak. Eldor ajoyib xususiyatlarga ega", — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining to‘purarlar ro‘yxatida 15 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar