"Bavariya" 100 millionga Frantsiya terma jamoasi hujumchisini sotib oladimi?

  • 02.04.2023 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani “Bavariya”ga o‘tish istagini bildirdi.

Xabarlarga  qaraganda, 24 yoshli frantsiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» va PSJdan ham takliflar bor, ammo unga bu klublarga o‘tish yoqmayapti. Futbolchi Bundesligada qolishni istaydi, chunki u myunxenliklarning ambitsiyalari va tarkibidan hayratda.

O‘z navbatida «Ayntraxt» rahbariyati esa Muanining transferi uchun taxminan 100 million evro talab qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kolo-Muani joriy mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hasda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!