"Bavariya" 18 ta gol bilan yangi rekord o‘rnatdi
«Bavariya» Myunxen klubi «RB Leyptsig» ustidan yirik 6:1 hisobida g‘alaba qo‘zonib, Germaniya chempionati tarixida yangi rekord o‘rnatdi. Bu natija orqali myunxenliklar mavsumdagi dastlabki uchta uy o‘yinida jami 18 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga qadar bunday ko‘rsatkichga hech bir jamoa erishmagan.
«Leyptsig»ga qarshi o‘yindan oldin «Bavariya» o‘z maydonida «Shtutgart»ni 5:1, berlinlik «Union»ni esa 7:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Germaniya oliy ligasining navbatdagi turida myunxenliklarni yana bir sinov kutmoqda. «Bavariya» shu paytgacha mavsumni juda ishonchli boshlagan, ammo o‘tgan turda birinchi mag‘lubiyatini qayd etgan, shunga qaramay yetakchi uchlikdan tushmagan «Frayburg»ga qarshi maydonga tushadi.
«Braziliyaliklar» laqabi bilan tanilgan «Frayburg»ga qarshi bellashuv kelasi yakshanba, 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar