"Bavariya" 80 million evrolik yosh yulduz uchun kurashga qo'shildi
Myunxenning "Bavariya" klubi Entoni Gordon bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangandan so‘ng diqqatini "Bornmut"ning 19 yoshli hujumchisi Eli Junior Krupiga qaratdi. Bu haqida Goal portali xabar berdi.
Nemis klubi yosh fransuz futbolchisini yaqinidan kuzatib bormoqda. Uni jahon futboli afsonasi Tyerri Anri ham yuqori baholagan.
Anri avvalroq Frantsiya yoshlar terma jamoasida ishlagan davrida 16 yoshli Krupini termaga chaqirish haqida o‘ylaganini aytgan edi. U bu haqida shunday degan: "Agar men iste’dod va qat’iyatni ko‘rsam, yosh ahamiyatga ega emas".
Manbalarga ko‘ra, futbolchining transferi taxminan 80 million yevro atrofida baholanmoqda.
Krupi maydonda bir nechta pozitsiyalarda o‘ynay oladi va u Angliya Premier-ligasida o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan. U o‘tgan mavsumda 33 o‘yinda 13 ta gol urgan.
Avvalroq u Frantsiyaning "Loryan" jamoasiga yuqori diviziong qaytishda yordam berib, 22 ta gol bilan ajralib turgan.
"Bavariya" hujum chizig‘ini kuchaytirish va Xarri Keynga raqobat yaratish uchun universal futbolchi izlamoqda. Shuningdek, u Luis Diasga ham muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda.
Krupi uchun kurashga "Manchester Siti", "Arsenal" va "Barselona" ham qo‘shilgan.

Fikrlar