"Bavariya" Afrikadan zo'r futbolchi topdi

  • 28.07.2026 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» 18 yoshli markaziy yarim himoyachi Bara Sapoko Ndiayeni Gambiyaning «Gambinos Stars» klubidan to‘liq sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 

Bu haqida transferlar bo‘yicha insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, senegallik futbolchi Myunxen klubi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Transfer rasmiy kelasi hafta e’lon qilinishi kutilmoqda. 

Ndiaye «Bavariya»ning asosiy jamoasiga qo‘shilib, bosh murabbiy Vensan Kompani qo‘l ostida mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!