"Bavariya" APLdan qimmatbaho himoyachini olib kelmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Nottingem Forest" markaziy himoyachisi Murilloga qiziqish bildirmoqda.
"Bild" nashrining yozishicha, Germaniya chempioni yozda Dayo Upamekanodan ayrilishi mumkin — uning shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. Shuningdek, Kim Min Jening kelajagi ham noaniqligicha qolmoqda.
Klub rahbariyati 23 yoshli braziliyalik himoyachini yangi mavsum uchun ehtimoliy kuchayish sifatida ko‘rmoqda.
Murilloga "Barselona" va "Chelsi" ham qiziqish bildirgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bahosi 55 million evroni tashkil etadi. Uning "Nottingem Forest" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar