
"Bavariya" asosiy futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirish arafasida
Myunxenning "Bavarii" klubi tez orada yarim himoyachi Tyago Alkantara bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni deyarli yakunlashgan va bor yo‘g‘i shartnomani imzolash qolgan. Ammo, hozircha yangi kelishuvning muddati va moliyaviy tomonlari haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmayapti.
29 yoshli Alkantara “Bavariya” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 32 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar