
"Bavariya" asosiy futbolchilaridan birini noma’lum muddatga yo‘qotdi
"Bavariya" himoyachisi David Alaba 13 mart kuni Bundesliganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Verder"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkin.
Bild nashrining yozishicha, 28 yoshli avstriyalik futbolchining mushaklari jarohatlangan. Shu sababli ham u ayni damda umumiy guruhda shug‘ullanmayapti. Hozircha uning qachon safga qaytishi aniq emas.
Alaba joriy 2020/2021 yilgi mavsumda “Bavariya” safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. U bundan avvalroq yozda jamoadan ketishini ma’lum qilgan edi. Unga "Real" va "Barselona" klublaridan jiddiy takliflar bor.
Fikrlar