“Bavariya”: Bir imzo bilan eng ko‘p maosh oladigan yulduzga aylanasan!
Myunxenning «Bavariya» klubi fransuz vingeri Maykl Olise bilan moliyaviy shartlari yaxshilangan yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Germaniya grandi rahbariyati futbolchini shartnomasini uzaytirishga ko‘ndirish uchun uni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Footmercato xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, fransuz futbolchisining yangi maoshi Xarri Keyn va Jamol Musialaning maoshidan ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil aprel oyidagi ma'lumotlarga ko‘ra, ingliz hujumchisi va germaniyalik yarim himoyachi soliqlardan oldin oyiga taxminan 2,1 million yevro maosh olgan. Olise ning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.
Futbolchi tomonidan javob tariqasida yangi shartnomaga katta miqdordagi tovon puli bandi kiritilishi mumkin. Bunday band amaldagi kelishuvda mavjud emas. «Bavariya»ning futbolchi kelajagini kafolatlash istagi uning yuqori samaradorligi bilan bog‘liq: o‘tgan mavsumda Maykl Olise barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar