
"Bavariya" Boatengni transferga qo‘ydi
Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyati himoyachi Jerom Boatangni sotib yuborishga qaror qildi.
Nemis nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 30 yoshli futbolchini transferga qo‘yishgan. Unga esa ayni damda "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Inter" kabi jamoalardan qiziqish bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Boateng “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 31ta o‘yinda ishtirok etdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning narxi 30 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar