"Bavariya" Chempionlar ligasini yutmagunicha "Real" va "Liverpul" so‘ragan futbolchini sotmaydi

  • 11.09.2026 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» sport direktori Maks Eberl jamoa hujumchisi Maykl Olise transferi bo‘yicha savolga aniq javob qaytardi.

«Agar maqsadimiz Chempionlar ligasini yutish bo‘lsa, uni sotish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. «Bavariya»ning o‘ziga xos jihati shundaki, bizga qanday taklif kelmasin, qarorimizni doim o‘zgartirishga hojat yo‘q», — deya Eberl so‘zlarini CFBayern uchun jurnalist Kristian Falk keltiradi.

Eberlning ta’kidlashicha, Olise bilan tuzilgan shartnoma uzoq muddatli va unda belgilangan majburiy bo‘shash badali (vykup) ko‘zda tutilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi yozga borib klub futbolchi shartnomasini uzaytirishga tayyormi-yo‘qmi, shu borada aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.

Avvalroq Olisega «Liverpul» klubi hali ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘tgan yozda vingerni o‘z safiga qo‘shib olishga «Real» ham urinagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!