"Bavariya" De Ligtni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi. U qaysi raqam ostida to‘p tepishi ham ma’lum

  • 21 iyul, 2022, 01:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Bavariya" jamoasi niderlandiyalik himoyachi Matteys De Ligtni o‘z safiga qo‘shib oldi. 

Myunxenliklar u uchun Turin klubiga 70 million evro to‘ladi. Shuningdek, 10 million evro bonus pullari ham mavjud. Biroz avval nemis grandi uni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi. 

Endilikda, 22 yoshli himoyachi "Bavariya" safida 4-raqam ostida to‘p tepadi. 

Qayd etish lozim, De Ligtning yangi jamoasi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Shuningdek, yosh fulbek Myunxen klubida yillik 12 million evro maosh oladi. 

photo_2022-07-21_01-25-20

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!