“Bavariya” Gordon transferi uchun Nyubeldan foydalanmoqchi
Myunxenning “Bavariya” klubi “Nyukasl” vingeri Entoni Gordonni qo‘lga kiritish rejasini tayyorladi.
BILD nashrining ma’lum qilishicha, nemis grandi transfer doirasida darvozabon Aleksandr Nyubelni kelishuvga qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda. Manbaga ko‘ra, Nyubel uzoq muddatli shartnomasiga qaramay, klub rejalariga kirmaydi.
Avvalroq “Bavariya” 11-12 million yevro maosh oladigan posbon bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Gordon o‘tgan mavsum “"qarg‘alar"” safida 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 17 ta gol va 5 ta assist qayd etgan. Transfermarkt uning narxini 60 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar