"Bavariya" Grimaldoga qiziqish bildirmoqda

  • 14 noyabr, 01:06
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer Leverkuzen" himoyachisi Alexandro Grimaldo jamoani tark etishi mumkin. Unga Germaniyaning boshqa bir klubi "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. 

Tecno

Futbolchining jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Klub bitimni uzaytirishni istaydi, lekin Grimaldo ketishni istasa, rahbariyat muzokaralarga tayyor. Ammo "Bavariya" bilan muhokamalar oson bo‘lmaydi, deya xabar berdi "BILD" nashri.

Grimaldoning o‘zi esa "Bayer"ni tark etishni istayotgani haqida mish-mishlar chiqqandi. U mazkur mavsum jamoa tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!