"Bavariya" havosini olgan iqtidorni top-klublar chaqiryapti

  • 14.09.2026 06:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Transfer huquqlari PSV klubiga tegishli bo‘lgan avstriyalik yarim himoyachi Paul Vanner Yevropa grandi jamoalarining e’tiborini tortmoqda. Bu haqida insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, «Bavariya» tarkibida ham o‘ynab ulgurgan yosh iste’dodning o‘yinlarini «Liverpul», «Manchester Siti» va madriddlik «Real» singari top klublar kuzatib bormoqda. Niderlandiya klubi futbolchini 45–50 million yevro atrofida baholayapti.

Paul Vanner PSV safini o‘tgan yil avgust oyida to‘ldirgan. U bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum Niderlandiya chempionati doirasida yarimhimoyachi beshta uchrashuvda maydonga tushib, bir marta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!