"Bavariya" hujumchisi faoliyatida rekord o‘rnatdi

  • 21 yanvar, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Moting kecha Bundesliganing 16-turidan o‘rin olgan “RB Leyptsig”ga qarshi o‘yinda (1:1) raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, bu 33 yoshli kamerunlik futbolchi uchun joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida kiritgan 12-goli bo‘ldi. Bu esa uning faoliyatidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Shupo-Moting “Bavariya” safida 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U bungacha PSJ, «Stok Siti», «Shalke», «Maynts», «Gamburg» va «Nyurnberg» klublarida ham to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!