"Bavariya" hujumchisi yozda jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda

  • 09.03.2025 16:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Kingsli Koman yozda "Bavariya"ni tark etishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda mashhur insayder Florian Plettenberg. 
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, frantsiyalik vinger hisoblangan Koman joriy mavsum yakunida "Bavariya"dan ketmoqchi. Klub ham futbolchiga transfer uchun ruxsat berishga tayyor. Tomonlar o‘rtasida yaxshi va ochiq-oydin munosabatlar saqlanib qolgan. 
 
Hozirda Komanning asosiy ustuvor yo‘nalishi – Saudiya Arabistoni. Saudiyaning eng kuchli to‘rt klubidan biri futbolchiga qiziqish bildirgani aytilmoqda. Shuningdek, Angliyaning "Liverpul" klubi ham vinger haqida so‘rov yuborgan, biroq hozircha rasmiy taklif yo‘q. 
 
Shu bilan birga, kutilayotgan transfer summasi 30-40 million evro atrofida bo‘lib, "Bavariya" shu orqali uning bonuslar bilan yiliga 17-18 million evro bo‘lgan maoshidan qutuladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum 33 ta bellashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 35 million evro deb beholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!