"Bavariya" hujumchisini "Milan" nishonga oldi
"Bavariya" safida ijara asosida harakat qilib kelayotgan "Chelsi" futbolchisi Nikolas Jekson faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Corriere Della Sport" nashri ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, Myunxen klubi senegallik futbolchisi sotib olmoqchi emas. Hozirda futbolchining xizmatlariga "Milan" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi forvardni yozda sotib olish huquqi bilan ijara olishni rejalashtiryapti.
Hozirda 24 yoshli futbolchining transfer bozoridagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.
Ma'lumot uchun, Jekson nemis klubi safiga yozda ijara asosida kelib qo‘shilgan edi. Bu mavsum hujumchi "Bavariya" safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar