“Bavariya” katta transferni e’lon qildi

  • 7 iyul, 2024, 23:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Kristal Pelas”ning 22 yoshli frantsiyalik hujumchisi Maykl Olise faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

“Bavariya” matbuot xizmati bir necha jamoalar da’vogarlik qilgan futbolchini Myunxen superklubiga ko‘chib o‘tganini rasman e’lon qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolashgan.

Evropa matbuoti “Bavariya” Olise uchun angliyaliklarga 53 million evro badal puli to‘lashi haqida ma’lumot tarqatgangan edi. Qo‘shimchasiga myunxenliklar yana 5,9 million evroni turli bonuslar sifatida “Kristal Pelas” hisob-raqamiga o‘tkazib beradi.

Olise o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 19 ta uchrashuvda maydonga  tushib, o‘z hisobiga o‘nta ol va oltita assist rasmiylashtirdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!