“Bavariya” katta yo‘qotishga uchradi

  • 22.05.2026 22:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mahoratli darvozabon Manuel Noyer Germaniya kubogi finalida “Bavariya”ga yordam bera olmaydi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tajribali darvozabon jarohati sabab hal qiluvchi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu esa Myunxen superklubi uchun katta yo‘qotish sifatida baholanmoqda.

Noyer uzoq yillar davomida jamoaning asosiy yetakchilaridan biri bo‘lib kelgan va uning yo‘qligi final oldidan murabbiylar shtabi uchun jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin.

“Bavariya muxlislari esa darvozabonning tezroq tiklanishidan umid qilmoqda. Klub hozircha uning qaytish sanasi bo‘yicha aniq ma'lumot bermagan.

Shunga qaramasdan, “Bavariya” mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun finalda bor kuchini ishga solishi kutilmoqda.

23 may kuni Berlin shahrida bo‘ladigan finalda myunxenliklar "Shtutgart" futbolchilariga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!